Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qism 3-batalonida yurtimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan harbiy qism komandiri, podpolkovnik Tulanboy Abdumajitov bir guruh harbiy xizmatchilarni “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirladi. Shuningdek, Boʻstonliq tumani hokimining birinchi oʻrinbosari T. Abdujabborov hamda Tovoqsoy qoʻrgʻoni Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi Y. Abdulakimov barchani ushbu sana bilan samimiy muborakbod etib, ona yurtimiz osoyishtalik posbonlariga esdalik sovgʻalari topshirishdi. 

Koʻrsatilgan bunday ehtiromdan ruhlangan harbiy xizmatchilar ham ularga cheksiz minnatdorlik bildirishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.