Xatirchi tumani IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan aholiga fuqarolik masalalari boʻyicha xizmat koʻrsatish, ularning ID-kartalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida 10854 nafar fuqaroga ID-kartalari topshirildi, 3532 nafar fuqaroga esa xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirildi.
Yaqinda 1972 yilda tugʻilgan Mashrab Gʻaniyev hamda 1966 yilda tavallud topgan Turgʻunboy Qurbonov umrlarida birinchi bor oʻzlarining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishdi. “Ajabo, shu yoshga kirib, biror marta davlat xizmatidan foydalanmagan yoxud fuqarolik pasportiga ehtiyoj sezmagan inson bor ekanmi?!” deya hayratlanishingiz tabiiy. Buni qaranki, bor ekan. Mutasaddilar joylarda tekshiruv va targʻibot-tushuntirish ishlari olib borish jarayonida buni aniqlashdi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
