Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qism 4-batalonida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan qoʻmondonlik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish boʻlimi katta ofitseri, kapitan N.Murzabayev nazoratchilar vzvodi shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish hamda oilaviy muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan suhbat oʻtkazdi.

Shuningdek, barcha toifadagi mansabdor shaxslarning xizmat hujjatlari tekshirilib, nazoratchilar vzvodi osoyishtalik posbonlarining bilim saviyasini tekshirish maqsadida huquqiy tayyorgarlik fanidan test sinovlari ham qabul qilindi.

Azamat XOLMATOV,

Harbiy qism komandirining madaniyat va maʼrifat ishlari boʻyicha maslahatchisi.