Urganch shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari ishtirokida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirda 9 ta jamoa ishtirok etib, oʻz bilim va intellektual salohiyatini namoyish qilishdi. Bilimlar sinovining yakuniy natijalariga koʻra, viloyat Iibning “Qalqon” jamoasi gʻolib deya eʼtirof etildi. Shuningdek, Mudofaa vazirligining 14069-harbiy qismi, Dxxga qarashli 69982-harbiy qism, Milliy gvardiyaning viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi, viloyat FVB hamda viloyat Bojxona boshqarmasi jamoalari ham sovrindorlar safidan joy olishdi.  Gʻolib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.