Zarafshon shahridagi 17-maktabgacha taʼlim tashkilotida “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi doirasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Unda shahar IIB JXX YHXB xodimlari bolalarga mazkur dastur mazmuni haqida soʻzlab berishdi. Shuningdek, muassasadagi yoʻl harakati xavfsizligi xonasida yoʻllarda qanday harakatlanish kerakligi boʻyicha amaliy mashgʻulot oʻtkazishdi. Mashgʻulot jarayonida tarbiyalanuvchilarga yoʻl belgilari va piyodalarning majburiyatlari turli oʻyin shartlari orqali sodda va qiziqarli tarzda tushuntirildi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti maʼmuriyati tomonidan yoʻl-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu kabi amaliy mashgʻulotlar jajji bolajonlarga yoʻllarda toʻgʻri harakatlanish qoidalarini oʻrgatishda oʻz samarasini berishi shubhasiz.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
