Fargʻonada viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Doniyor Tashxodjaev ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

 Anjumanda Davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi doirasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida OAV vakillari va blogerlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

 Jurnalistlar boshqarma boshiligʻi bilan ochiq havoda yuzma-yuz gaplashib, oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga asoslangan javoblar olishdi. Jumladan, yoʻl harakati xavfsizligi, migratsiya xizmatlarida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoit, tizimga joriy etilayotgan yangi, raqamli texnologiyalar haqida soʻz bordi. Firibgarlik, oʻgʻirlik kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

 Boshqarma boshligʻi jurnalist va bolegerlar bilan hamisha ochiq muloqotga, samimiy hamkorlikka tayyor ekanligini bildirib, ularni kirib kelayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni – kasb bayrami bilan tabrikladi.

 Anjumandan soʻng ishtirokchilar viloyat IIBda tashkil etilgan “102” axborot markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

 Abduvosit SIDIQOV,

 “Postda” muxbiri.

 Fargʻona viloyati.