IIV tizimida oʻz vazifasiga sadoqat bilan yondashib, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissasini qoʻshayotgan xodimlar koʻplab topiladi. Shuhrat Muhiddinov ham ana shundaylardan biridir. U Toshkent viloyati Zangiota tumanida tugʻilgan.

Yaqinda IIV Tashkiliy departamenti Navbatchilik xizmatlarini tashkil etish boshqarmasi muvofiqlashtirish-uslubiy boʻlimi markaziy navbatchilik qismi boshligʻi lavozimida xizmat qilib kelayotgan podpolkovnik Shuhrat Muhiddinovni rahbariyatning hurmat-ehtiromi va shogirdlarining eʼzozida pensiyaga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Soʻzga chiqqanlar uning faoliyatiga toʻxtalar ekan, hamisha oʻz vazifasini sidqidildan, halol bajarganini, hech qachon hushyorlikni qoʻldan bermaganini alohida taʼkidladi. Shogirdlari ham soʻz olib, undan soha sirlarini oʻrganishganini eʼtirof etishdi, xizmat faoliyati davomida yuz bergan qiziqarli va ibratli voqealarni eslashdi.

Oʻz navbatida podpolkovnik Shuhrat Muhiddinov koʻrsatilgan ehtiromdan minnatdorligini izhor etdi. Anʼanaga muvofiq, faxriyga zarbof toʻn kiydirilib, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.