Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda 2021 yilning mart oyidan 2022 yil aprel oyiga qadar yigitlik burchini oʻtagan muddatli harbiy xizmatchilar ota-onalari bagʻriga joʻnatildi.

Shu kuni oʻz xizmat burchini vijdonan bajargan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarini aʼlo darajada oʻzlashtirib, ijobiy natijalarga erishgan hamda yakuniy sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan 19 nafar muddatli harbiy xizmatchiga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar berildi.

Gulchehra Buvamirzayeva,

“Postda” muxbiri,

Namangan viloyati.