Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy hamda Moliya va moddiy texnika taʼminoti departamentlari masʼul xodimlari tomonidan Buxoro viloyatida “102” avtomatlashtirilgan axborot tizimi foydalanuvchilari (operator va navbatchilik qismlari xodimlari) hamda unga xizmat koʻrsatuvchi sohaviy xizmatlar xodimlarini oʻqitish va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish yuzasidan oʻquv-amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulotda viloyat, tuman va shahar IIB tashkiliy boʻlim (boʻlinma) boshliqlari, katta inspektor navbatchilari hamda ularning yordamchilari, shuningdek, sohaga taalluqli xizmatlarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Oʻquv mashgʻulotida “102” avtomatlashtirilgan tizimni joriy etishning huquqiy asoslari, “Call markazi”ning texnik imkoniyatlari, tezkor xabarlashuv, chiqish qoʻngʻiroqlarini qabul qilish tartibi, “vaziyatlar kartochkasi”ni toʻldirish algoritmi, shuningdek, tizimdan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tushunchalar berildi. Qisqasi, mashgʻulot ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan berilgan batafsil javoblarni olishdi.

18 maydan boshlab, jami 15 nafar, shundan, 14 ta operator va 1 ta “102 xizmati” boshligʻidan iborat tarkibda faoliyat olib boruvchi “102” avtomatlashtirilgan tizimga start berildi va hozirda ushbu tizim sinov (test) rejimida ishlamoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.