Yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari tizimida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yoʻnalishida xizmat qilayotgan xodimlarning ham alohida oʻrni bor. Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB M va FRB xodimlari ham oʻzlariga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishmoqda.

Jumladan, yaqinda viloyat IIB M va FRB, Kitob tumani IIB M va FRB boshligʻi, katta leytenant Farruh Boymirzayev hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlarda tuman hududida faoliyat olib borayotgan chet ellik tadbirkorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Misol tariqasida keltiradigan boʻlsak, “Navroʻz” Mfyda tashkil etilgan xorijiy korxona rahbari F.YU. oʻzi rahbarlik qilayotgan Mchjda 28 nafar Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolarini, ishchi vizasi boʻlsa-da, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazmasdan, noqonuniy ravishda yashab kelayotganligi aniqlangan. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra jarimaga tortildi.

           Ushbu fuqarolarga ularning bu xatti-harakati qonunga zid ekanligi tushuntirilib, kelgusida bunday holatga yoʻl qoʻymasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ogohlantirish berilgan.

Maʼruf RAVSHANOV,

Qashqadaryo viloyati IIB M va FRB boʻlinma boshligʻi, kapitan.