Ayol harbiy xizmatchilar va oila aʼzolarining madaniy hordiq olishini taʼminlash IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7255-sonli harbiy qism rahbariyatining doimiy diqqat markazida. Shu maqsadda yaqinda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida Andijon shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi muzeyga va bolalar bogʻiga sayohat qilishdi. Tariximizdan soʻzlovchi muzey eksponatlari harbiy xizmatchilarda yaxshi taassurat qoldirgan boʻlsa, bogʻdagi oʻyingohlarda miriqib oʻynagan bolajonlar bugungi sayohatdan juda manzur boʻldi.
Mashhura Yunusova,
kichik serjant.
