Joriy yilning oʻtgan davrida Jizzax viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi tomonidan shaxsiy tarkib tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Mazkur jarayonda ilk bor kasallikka chalingan 7 nafar xodim statsionar, 46 nafar xodim esa ambulator sharoitda davolandi. Bundan tashqari, boʻlim mutaxassislari soha vakillarining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida 400 dan ortiq targʻibot tadbirlari uyushtirdilar.

Boʻlimda dermatolog Matluba Qodirova, umumiy amaliyot shifokori Shohida Zaripova, terapevt Zilola Sulaymonova, oftalmolog Norsuluv Turonova kabi shifokorlar samarali faoliyat yuritmoq­dalar.

Ayni vaqtda jizzaxlik ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila aʼzolari va soha faxriylarida jarroh, umumiy amaliyot shifokori, biokimyoviy laboratoriya hamda sanitariya shifokorlari xizmatidan foydalanish imkoni bor. Qolaversa, 40 oʻrinli nevrologiya va tera­piya boʻlimlariga ega gospitalda xodimlar salomatliklarini tiklamoqda.

Shuningdek, soha vakillari 200 ga yaqin bemorning ahvolidan doimiy ravishda xabar olib turadilar.

 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz. 

Jizzax viloyati.