Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan, IIV M va FRBB boshligʻi, polkovnik U.Muxamedov Buxoro viloyatida aholi bilan sayyor qabul oʻtkazdi. Unda murojaatlarni ijobiy hal etish, shuningdek, viloyat IIB M va FR boshqarmasi, uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni yaqindan oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi.
Dastlab, 12 nafar oʻn olti yoshga toʻlgan fuqaroga hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi rasmiylashtirib berilgan 4 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, qabul davomida fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga fuqarolik olish, xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta olish hamda doimiy roʻyxatga qoʻyish kabi 30 dan ortiq turli masalalardagi murojaatlar tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, polkovnik U.Muxamedov Buxoro shahar IIOFMB M va FRB hamda Olot va Qorakoʻl tumanlari M va FRGlarida amalga oshirilayotgan ishlar, qolaversa, sohada mavjud muammolar bilan tanishib, masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
