Termizlik Latofat Xoliqova (ism-shariflar oʻzgartirildi) goʻzallik salonida Termiz tumani “Nurafshon” mahallasida yashovchi Marziya Gʻoipova bian tanishib qoladi. Suhbat jarayonida M.Gʻoipova ishga kirolmayotganidan noliydi. Latofat esa uni Termiz shahridagi harbiy gospitalga ishga kiritib qoʻyishi mumkinligini, buning uchun hujjatlari va 600 AQSH dollari miqdoridagi pulni oldindan berishi kerakligini aytadi. M.Gʻoipova uning gaplariga ishonib, harbiy guvohnomasi va pullarni beradi. Oradan vaqt oʻtsa hamki, na ishdan, na puldan darak boʻlmay, Latofat gʻoyib boʻladi.

L.Xoliqova oʻzining firibgarligini davom ettirgan holda, Boysun tumani “Dashtigʻoz” mahallasida yashovchi Samida Saidovani Aqshga borishi uchun elchixonadagi tanishlari orqali viza olib berishni vaʼda qiladi. Evaziga 15 million soʻm hamda 700 AQSH dollari miqdoridagi pulni oladi. Yana ish bitishi uchun 500 AQSH dollari kerakligini aytadi. Latofat Samidadan 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni Termiz shahridagi “Kattabogʻ” mahallasi hududida olayotgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.

Mashhura SAʼDULLOYEVA,

kapitan.

Surxondaryo viloyati.