Joriy yilning 7-fevral kunidan poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablarida anʼanaviy oʻqish jarayoni boshlandi. Shu munosabat bilan, transport vositalari harakati serqatnov boʻlgan koʻchalar yuzida joylashgan maktablar oldida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan harakat xavfsizligi nazoratga olindi.
Piyodalar bilan sodir boʻlayotgan ogʻir oqibatli yoʻl transport hodisalarining oldini olish maqsadida yurtimizda olib borilayotgan “Diqqat piyoda” profilaktik tadbirining mazmun mohiyati maktab oʻquvchilariga tushuntirildi. Yoʻl-transport hodisalari aks etgan videorolik namoyish qilinib, targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Sarvar SOBIROV,
«Postda» muxbiri.
