Sirdaryo viloyati IIB JXX Probatsiya boʻlimi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbirlari mobaynida Probatsiya nazoratidagi shaxslarni ishga joylashtirish, ish va yashash joylarini oʻrganish, tungi vaqtlarda sud tomonidan qoʻyilgan cheklovlarga amal qilish holatlari doimiy nazorat qilib borilmoqda. Jumladan, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan barcha shaxslar oʻrganilib, ular bilan takroriy jinoyatlar sodir etmasligi uchun profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.