Qoʻqon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbirlar oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Ana shunday keng qamrovli tadbirlar Fargʻona hamda Margʻilon shaharlarida ham boshlandi.
Tadbirning birinchi kunida profilaktik roʻyxatda turuvchi 183 nafar shaxs hamda ularning oila aʼzolari bilan suhbatlar tashkil etildi. Aholining turmush tarzini oʻrganish, xalq ichiga toʻliq kirib borish maqsadida shaharda mavjud 70 ta mahalladagi 1613 ta xonadon oʻrganildi.
Oʻrganish davomida pasport-viza tartib-qoidalarini buzgan 21 nafar shaxs aniqlanib, doimiy yoki vaqtincha yashash tartibini buzganligi uchun ularning 9 nafariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish yuzasidan uchrashuv
va tushuntirishlar oʻtkazilib, 352 ta transport vositasi tekshirildi. 124 ta turli qoidabuzarliklar aniqlanib, qonuniy chora koʻrildi.
Odamlar gavjum joylarda PPX va milliy gavardiya xodimlaridan iborat 28 ta patrullik yoʻnalishlari tashkil etildi.
Ikki nafar fuqaro majburiy-ixtiyoriy davolashga yotqizildi.
Oʻtkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar shahar hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
