Fargʻona shahrida joylashgan yuridik texnikumning bir guruh oʻquvchilari ustozlari bilan Fargʻona viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markaziga sayohat qilishdi. Sayohat davomida oʻquvchilarga markaz faoliyati mutaxassislar tomonidan batafsil tanishtirildi.
Jumladan, kriminalistika laboratoriyasida oʻrnatilgan zamonaviy jihozlar, innovatsion texnologiyalar va laboratoriya uskunalarining ishlash jarayoni atroflicha tushuntirib berildi. Boʻlim qoshida tashkil qilingan ballistika laboratoriyasi ham oʻquvchi-yoshlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Sayohat davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirilgan savollarga ekspertlardan batafsil javob olishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
