Yaqinda IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyida oʻquvchilar uchun viloyat IIBB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan “Hodisa joyini koʻzdan kechirishda mutaxassisning harakatlari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Unda kelajagimiz egalariga hodisa joyini qayd etish, uni koʻzdan kechirish jarayonida qoʻllaniladigan ilmiy-texnik vositalar, izlar bilan ishlash tartibi hamda jinoyat hodisasi va jinoyatchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash uchun izlarni dastlabki tadqiqotdan oʻtkazish borasidagi koʻnikmalar hosil qilindi.
Shu bilan birga, “Qurol toʻgʻrisidagi” qonunning mazmun-mohiyati boʻyicha ham oʻquvchi-yoshlarga keng tushunchalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi.
Oʻz muxbirimiz.
