Qorakoʻl tumanining 3-sektoriga qarashli mahallalarda kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish, shuningdek, koʻp qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik tizimini bir meʼyorda ishlashini taʼminlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Jumladan, kommunal sohadagi muammolarga yechim topish maqsadida tashkil etilgan tezkor shtabga kelayotgan har bir murojaat sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruhlar tomonidan oʻrganib chiqilib, joyida bartaraf etilmoqda.

        Yaqinda fuqarolarning murojaatlariga asosan, “Tinchlik”, “Tayqir”, “Arna”, “Quvacha” hamda “Yangi qalʼa” mahallaridagi eskirgan elektr ustunlari yangisiga almashtirildi. Shuningdek, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida hududlarda shagʻallashtirish va asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Sh.HAYITOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.