Navoiy viloyati IIB tashabbusi bilan oʻtkazilgan psixologik seminar-trening psixologiyaning dolzarb jihatlarini qamrab olganligi bilan ahamiyatli boʻldi. Seminarda ayni kunda ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan psixolog inspektorlar bilan birga maktab taʼlimi sohasida faoliyat yuritayotgan hamda xususiy psixologlar taklif etildi. 

Seminar davomida fuqarolarning ruhiy holatini oʻrganish, yoshlarning huqubuzarlik va jinoyat sodir etishlarining oldini olishda psixologlarning oʻrni, shuningdek vaqtni toʻgʻri taqsimlash orqali yutuqlarga erishish kabi jihatlar diqqat markazida boʻldi. Erkin va samimiy ruhda oʻtgan tadbirda psixologlar tomonidan interaktiv usullar yordamida mehnat jamoasing fikrini oʻrganish, yosh avlodning mustaqil fikrlash koʻnikmasini oshirish borasida zamonaviy usullardan foydalanishga alohida ahamiyat qaratildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari bilan psixologlar faoliyatida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi. Tadbir soʻngida faol ishtirokchilarga boshqarma boshligʻining tashakkurnomalari topshirildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.