Termiz davlat universitetida talabalar ishtirokida “Yoshlarni tibbiy, psixologik va huquqiy savodxonligi – oila mustahkamligining poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Termiz shahar IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, kapitan S.Allanazarova va voyaga yetmaganlar boʻyicha inspektor-psixolog G.Bozorova ishtirok etib, erta turmushga chiqish va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, ular talaba qizlar bilan oilada va turmush qurishda uchraydigan muammolarni bartaraf qilish borasida suhbatlashishdi. 

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.