IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Akademiyani 2019-2021-yillarda tamomlagan yosh xodimlar, ularning murabbiylari, ayni vaqtda Jizzax viloyatida amaliyot oʻtayotgan bilim yurti kursantlari ishtirokida uyushtirilgan yigʻilishda Jizzax viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Olimjon Abdullaev, Akademiya boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Ismoil Himmatov hamda faxriylar soʻzga chiqdilar.

Notiqlar tomonidan tizimda kechayotgan islohotlar haqida atroflicha soʻz yuritildi. Oʻz navbatida xizmat intizomini buzish hamda qonunga zid xatti-harakatlar sodir etishning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tilga olindi. Shuningdek, sohaga adashib kirib qolgan ayrim shaxslarning achchiq taqdiridan soʻzlovchi “Korrupsiya – jaholatga yoʻl” koʻrsatuvi namoyish qilindi. Yakunda IIV Akademiyasi kursantlarining Jizzax viloyati IIB vatanparvarlik burchagiga sayohati uyushtirildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.