Navoiy shahrini jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri Navoiy davlat pedagogika institutida oʻtkazildi. Institutning Axborot-resurs markazida boʻlib oʻtgan tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari
Sh. Sulaymonov, fakultet tyutorlari va talabalari ishtirok etdi. Davra suhbati «Jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, huquqbuzarlik, ekstremizm va ularning oldini olish» mavzusiga bagʻishlandi.
Davra suhbatiga Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmasi xodimi, mayor Xurshid Muhammadiev, Navoiy shahar IIB profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Nurmuhsin Normuhammedov, Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi bosh tergovchisi, podpolkovnik Marhabo Hojiyeva, mazkur boʻlim tergovchisi, kapitan Feruza Sultonova, NavDPI profilaktika inspektorlari, mayor Nodir Hayitov, kapitan Surayyo Husanova taklif etildi. Ular hozirgi kunda internet tarmoqlarida kuzatilayotgan turli tahdidlar, kiberjinoyatchilik, maʼmuriy huquqbuzarlik, ekstremistik oqimlar, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlar orasida sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish, ayollar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlarga barham berish, qizlarning erta turmush qurishi oqibatlari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.
Mahliyo MIRZAYEVA,
podpolkovnik.
Navoiy viloyati.
