«Yil ayoli» va «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichida viloyatning barcha shahar-tuman hokimliklari, voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Quvonarli jihati, tanlov natijalariga koʻra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi «Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi» nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Xuddi shuningdek, tanlovning «Yilning eng vatanparvar ayoli» nominatsiyasida Shahrisabz tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Mohigul Kenjayeva gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Oʻz muxbirimiz.
Suratda: (chapdan ikkinchi) podpolkovnik Mohigul Kenjayeva.
