Namangan viloyati IIBda "Faol ayollar" ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Ishchi guruh tashabbusi bilan hududlarda xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topilmoqda. “Faol ayollar”ning bu galgi uchrashuvlari Yangiqoʻrgʻon tumanida boʻldi. 

Unda chekka xotin-qizlarning muammolari, murojaatlarini oʻrganish barobarida ularning huquqiy bilimini oshirish hamda ular oʻrtasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targʻibot va profilaktik uchrashuvlar oʻtkazishdi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA, 

"Postda" muxbiri.

Namangan viloyati.