Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar va nogiron pensionerlar xonadoniga borib, ular holidan xabar olish anʼanaga aylangan.
Yaqinda viloyat IIB rahbariyati va Faxriylar kengashi tomonidan uzoq yillar yoʻl harakati xavfsizligi tizimida xizmat qilgan faxriy, 1-guruh nogironi, isteʼfodagi kapitan Fayzi Bozorov holidan xabar olindi. Unga homiylik asosida nogironlik aravachasi topshirilib, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
