Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va viloyat Ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi mayor Ahmad Muhsinov xonadoni har yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan yanada gavjum boʻladi. Bu yil ham shunday boʻldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasidan tashrif buyurgan bir guruh xodimlar bir kam yuz yoshni qarshilayotgan otaxonni bayram munosabati bilan muborakbod etishdi. Shuningdek, ular Bahodir Qurbonov xonadonida ham boʻlishdi. Bayram bilan qutlab, esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

B.XUDOYBERDIYEV,

mayor.

Buxoro viloyati.