Boʻstonliq tumanida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan profilaktika inspektorlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tuman hokimi hamda sektor rahbarlari boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatlaridagi yutuq va kamchiliklar haqida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlari uchun yaratilgan sharoitlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Xizmat vazifalariga sidqidildan va vijdonan yondashib kelayotgan bir guruh tuman IIB xodimlari – katta leytenant O.Maxamadqosimovga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda 20 mln. soʻm pul mukofoti, mayorlar A. Toshkentboev, B. Vahobov, kapitan S. Asamov, podpolkovnik J. Egamberdiev, katta leytenant H. Xaitmetovlarga ham tashakkurnoma hamda 5 mln. soʻmdan pul mukofoti taqdim etildi.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.