Bogʻot tumani 3-sektor rahbari, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik E.Axmedovning tashabbusi bilan navbatdagi “Boʻsh ish oʻrinlar mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mazkur tadbirda tuman IIB rahbariyati hamda korxona va tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
– Tadbirga tumanimiz hududida yashovchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, probasiya xizmati hisobida turgan xotin-qizlarni ham taklif qildik, – deydi tuman IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor, leytenant Nasiba Artiqova. – Ulardan 13 nafari doimiy va mavsumiy ish oʻrinlariga ega boʻlishdi.
Mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan fuqarolar korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad ham aholining ijtimoiy himoyasini yaxshilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iboratdir.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
