Guliston shahrida oʻtkazilgan tadbirda 700 ming soʻm evaziga gashish sotishni koʻzlagan shaxs qoʻlga olindi. U “xaridor”dan shuncha miqdorda maxsus ishlov berilgan pulni olib, 1,5-2 gramm miqdoridagi jigarrang moddani bergan. Mazkur shaxs shahardagi doʻkonlardan birida ayirboshlashni amalga oshirib ketayotganida tezkor guruh tomonidan toʻxtatildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiriyu 

Sirdaryo viloyati.