Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov Furqat tuman IIB faoliyati bilan tanishib, faxriylar va yosh xodimlar bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Oʻtgan yili mustaqillik bayrami arafasida mazkur tuman IIB shaxsiy tarkibi 4 qavatli yangi binoga koʻchib oʻtgan edi. Azizbek Ikramov boʻlim binosining imkoniyatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Shu yerda tizimda koʻp yil ishlab nafaqaga chiqqan faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv ham oʻtkazildi. Uchrashuvda boshqarma boshligʻi faxriylarning tajribasi, oʻgit va maslahati yosh xodimlar uchun ibrat maktabi ekanligini alohida taʼkidlab, faxriylar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash zarurligini qayd etdi.
Samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuv davomida faxriylar ham soʻzga chiqib, yosh xodimlarni Vatanga va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
