Tadbirda respublika miqyosida ayrim rahbarlarning nazoratsizligi va taʼsirchan choralarni koʻrmayotgani oqibatida xodimlar tomonidan qonunbuzilish va korrupsion holatlar sodir etilayotgani tanqid ostiga olindi. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida sodir etilgan korrupsion holatlar tanqidiy-tahlil qilinib, ishtirokchilar eʼtiboriga yetkazildi.

Tadbir soʻngida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiya – jaholatga yoʻl” nomli maxsus videofilʼm namoyish etildi. 

Sodiq RAHIMOV, 

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.