Olmazor tumanida “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Unda tuman hokimiyati Oila va xotin-qizlar boʻlimi vakillari, psixolog, yurist, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda tuman IIOFMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar ishtirok etishdi. Trening davomida zoʻravonlik tushunchasi, turlari va uning oldini olish mexanizmlari, jabrlangan xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va ularning huquqlari toʻgʻrisida koʻplab foydali maʼlumotlar berildi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.