Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar orasida xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi.
Yaqinda ular viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurishdi. Xodimlar bu erda boshqarma faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda sohaviy xizmat xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ular Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasida boʻlib, boshqarma xodimlarining kundalik xizmat faoliyatini koʻzdan kechirishdi va chet ellik hamda mahalliy sayyohlar bilan bevosita muloqotda boʻlishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
