Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan “CYBER WEEK” kompleks tadbiri doirasida viloyat IIB va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Namangan viloyati bosh boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Unda, toʻlov tizimi operatorlari, kredit va toʻlov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi darajasini oshirish, kibertahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish, ular toʻgʻrisida tomonlarni xabardor qilish va kibertahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilish soʻngida oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolanib, ikki tomonlama oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, fikr, axborot va tajriba almashish maqsadida doimiy ravishda uchrashuvlar, seminarlar, treninglar hamda mashgʻulotlar oʻtkazish belgilab olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.