Xovos tumanida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar eng quyi tizimdan boshlab isloh qilinadi.

Sektor rahbarlari tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati bilan tanishdi. Tashkilotda faoliyat olib boruvchi hodimlar bilan suhbat oʻtkazilib, oʻquv jarayonida foydalaniladigan vositalar koʻzdan kechirildi. Suhbat davomida imtihon markazlariga boʻlgan talablarni qayta koʻrib chiqish, haydovchilikka oʻqitish samaradorligi va oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha qilinadigan ishlar belgilab olindi. 

Shuningdek, tuman hokimi tashkilotga zamonaviy texnika va oʻqitish uskunalarini xarid qilish hamda oʻquv-sinov jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

«Postda» muxbiri.

Sirdaryo viloyati.