Ayni paytda Oʻzbekistonning porloq kelajagini belgilab beruvchi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi joylarda keng oʻrganilmoqda. Xususan, IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7255-harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini oʻrganish yuzasidan mashgʻulot boʻlib oʻtdi.
Mashgʻulotda Andijon davlat pedogogika instituti falsafa fanlari doktori, dotsent Azizbek Egamberdiyev strategiya haqida toʻxtalib, islohotlarni toʻlaqonli amalga oshirish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy va siyosiy bilimini boyitishda ushbu hujjat muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Olim mazkur hujjat mazmun-mohiyati, uni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad toʻgʻrisida harbiy xizmatchilarga yetarli maʼlumot berib oʻtdi.
Abdulaziz Mamurov,
podpolkovnik.
Andijon shahri.