Askarlarning maʼnaviy-ruhiy tayyorgarligi xizmat jarayonidagi muhim omillardan biridir. Shu boisdan, joylarda harbiy xizmatchilar bilan psixologlar uchrashuvi oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda Nukus shahrida joylashgan 7261-harbiy qismda tashkil etilgan seminar-trening ham fikrimiz tasdigʻidir. Unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Psixologiya kafedrasi psixologlari tomonidan xizmat samaradorligini aniqlash va jamoada sogʻlom axloqiy muhitni taʼminlash maqsadida harbiy xizmatchilar bilan muloqot qilinib, ularning fikrlari tinglandi hamda zarur maslahat va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.

Shuningdek tadbir davomida institut talabalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Omonkeldi SALIMOV,

mayor.