Hafta qahramoni 

 Sayyor qabulga borayotgan Xurshid Safarov svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turganida, orqadagi «Matiz» avtomashinasi old chiroqlarini yoqib, «toʻxtang» ishorasini bildirdi. Va chetga oʻtib toʻxtab, avtomashinadan haydovchi tushdi. Tashvish va iztirob bilan mashinadagi ayol homilador ekanligi, ayni paytda tugʻruq boshlanib, holati ogʻirlashib borayotganini aytdi.

Viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati mutaxassisi, katta serjant Xurshid Safarov ikkilanmasdan, xizmat mashinasining sirenasi va yorituvchi chiroqlarini yoqib, shahar markazidagi tugʻruqxona sari yoʻl oldi. Haydovchilar esa unga yoʻl ochishdi, chunki har soniya gʻanimat edi. 13 daqiqada homilador ayolni Samarqand shahridagi 1-sonli tugʻruq majmuasiga yetkazdi. 

 Jonkuyar xodimning tezkor yordami, shifokorlarning saʼy-harakati bilan bugun ona hamda kichkintoy sogʻ-salomat.  

 Bu xususida gazetamizning navbatdagi sonida batafsil oʻqiysiz.