Kunlar sovib, harorat pasayishi natijasida aholining issiqlik energiyasiga boʻlgan talabi ham oshib boradi. Bunday pallada yongʻin xavfsizligi qoidalariga jiddiy eʼtibor qaratish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Andijon shahridagi 7553-harbiy qismda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan profilaktik tadbirda ham soha mutaxassislari kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holatlar boʻyicha shaxsiy tarkibga hayotiy misollar asosida keng tushuntirishlar berishdi.

Oʻz muxbirimiz.