Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi, deya xabar qiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Qayd etilishicha, tadbirda soʻz olgan shahar hokimi Gavhar Alimova bugungi kunda jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish, ularni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash, fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish profilaktika inspektorlari zimmasiga katta masʼuliyat yuklashi haqida toʻxtalib oʻtdi. Mahallalarda tinchlik-osoyishtalik, xavfsizlikni taʼminlash, turli salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan oʻzining bir qator takliflarini bildirdi.

Yigʻilishda aholi turmush farovonligini oshirish, ularning yashash sharoitlarni yaxshilash va bandligini taʼminlashda “Mahallabay”, “Oilabay” ishlash tizimining afzalliklari va ushbu yoʻnalishdagi ishlarni keng joriy etishda eʼtibor qaratish kerak boʻlgan jihatlar muhokama etildi. 

Shuningdek, profilaktika inspektorining jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorligini samarali tashkil etish, nafaqat jamiyatda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishga, balki aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilishi ham alohida taʼkidlandi.

Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar asosida amaliy ishlardagi dolzarb masalalar yuzasidan muhim xulosaga kelindi.

Gulnoza TURGʻUNBOEVA, 

“Postda” muxbiri.

Samarqand viloyati