Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yaxshi anʼana yoʻlga qoʻyildi. Hududdagi 48 ta mahallada xizmat olib borayotgan profilaktika (katta) inspektorlari xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tuman hokimi har oyda ular bilan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida qilinayotgan ishlar va muammoli masalalarni muhokama qiladi. Mavjud muammolarni hal etish choralari koʻriladi. 

Quvonarlisi, mazkur ishlar koʻlamida tuman hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 48 ta mahallada xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari xizmat xonalari zamonaviy kompʼyuter qurilmalari va boshqa zaruriy mebelʼ jihozlari bilan taʼminlandi.

Yaqinda xizmatda foydalaniladigan kompʼyuter jamlanmalarini bir guruh profilaktika inspektorlariga tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Oʻ.Shukurov tantanali ravishda topshirdi. Tadbirda, shuningdek, xizmat davomida oʻzining mehnati va tirishqoqligi bilan xizmatdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan xodimlar ham ragʻbatlantirildi. Ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.