Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchilari lavozimi joriy qilinganidan xabardormiz. Joylarda kambagʻallikni qisqartirish, ishsizlikka barham berish va aholi tadbirkorligini rivojlantirish niyatida joriy qilingan mazkur vazifaga nomzodlar tanlab olinib, ayni paytda ular uchun seminar-trening va amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.
Muzrabot tumanida hokim yordamchilari uchun oʻtkazilgan navbatdagi oʻquv mashgʻulotida viloyat IIB boshligʻi, polkovnik A.Ismoilov ham ishtirok etdi. Boshqarma boshligʻi tanlangan nomzodlar hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari bilan suhbatlashar ekan, ushbu masʼuliyatli vazifada kelgusida ish olib borish tartibi, aholini band qilish, yangi tadbirkorlik sohalarini tashkil etishda qaysi jihatlarga eʼtibor berish lozimligi kabi dolzarb masalalar haqida batafsil tushunchalar berib oʻtdi.
Shohjahon RAHIMOV,
kapitan.
Surxondaryo viloyati.
