Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida jinoyatchilikni jilovlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar samaradorligi koʻzdan kechirilib, amaliy yordamlar koʻrsatildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, hududlarda jinoyatlarni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida samarali faoliyat olib borganligi uchun bir qator shahar va tuman hokimlari hamda mutasaddilar Ichki ishlar vaziri tomonidan mukofotlandi.
Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Sh.Aliyev hamda boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Q.Batirovlar tomonidan Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan mukofotlangan Gʻijduvon tumani hokimi – Sherzod Ashurov, Kogon tumani hokimi – Muhiddin Esanov, Olot tumani hokimi – Nargiza Naʼmatova va viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Feruza Ibragimovalarga "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʻttiz yilligi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.
