Leytenant Sayyora Muhammadieva Angor tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori vazifasida samarali xizmat qilib kelmoqda. 

S.Muhammadievaning ayollar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf qilishdagi namunali xizmati tuman hokimligi tomonidan alohida eʼtirof etildi. Unga hokimlik tomonidan kompʼyuter jamlanmasi hamda veb-kamera taqdim qilindi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.