Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Forish tumani Qoraabdol ota mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi A.U. hamda uning turar joyi tekshirilganida fuqaroning choʻntagi va uyidan 285,43 gramm marixuana topildi. Shuningdek, mazkur shaxs 53,45 gramm marixuanani 20 ta gugurt qutisiga joylab, sotish uchun hozirlab qoʻygani maʼlum boʻldi. Surishtiruv davomida ayblanuvchi ushbu giyohvand moddani tomorqasida yetishtirganligini bildirdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.