Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB boshligʻining oʻrinbosari, kapitan M.Xidiraliyeva, xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant D.Sherbekovalar tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati boʻyicha markazi vaqtinchalik boshpanasida yashab kelayotgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning muammolari oʻrganilib, amaliy koʻmak berish choralari koʻrildi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tazyiq va zoʻravonlikka qarshi himoya orderini berish hamda uzaytirish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Sirdaryo viloyati.
