Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi “Buzsuv” mahallasida “Firibgarlik jinoyatlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Yunusobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi va mahalla yettiligi hamda faollar ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan katta tergovchi, podpolkovnik David Balayan, tergovchilar, leytenantlar Bexruzbek Tojiyev, Asliddin Sattarov va Xusen Ochilovlar jamiyatda yuz berayotgan firibgarlik holatlarini yuzaga keltiruvchi sabab va omillarni atroflicha tahlil etib, ishtirokchilarga bu turdagi jinoyatlarni oldini olish borasida atroflicha tushunchalar berishdi.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.