IIV masʼul xodimlari Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugining Navoiy shahri hududida joylashgan 20022-sonli harbiy qismida boʻlishdi. Bu yerda profilaktika inspektorlari uchun tashkil etilgan ikki haftalik malaka oshirish oʻquv kurslarining kun tartibi, dars jadvallari, xodimlarning oziq-ovqat taʼminoti hamda yotoqxonalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ular xodimlarning foydalanishlari uchun oʻquv va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganligiga alohida eʼtibor qaratishdi. Shuningdek, IIV Navoiy akademik liseyida ham boʻlishib, mazkur taʼlim muassasasidagi shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.